Faoliyatini yakunlayotgan xorijlik mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etildi va ulardan xulosalar olindi

2022-2023 o'quv yili yakunlayotganligi munosabati bilan shartnoma asosida o’quv jarayoniga jalb etilgan xorijlik mutaxassislar, jumladan, Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti volontyori Park Inhe hamda Ispaniyaning Kadis universiteti mutaxassisi Juan Ignasiolar Samarqand davlat chet tillar institutida o'z faoliyatini yakunlashdi.

Shu munosabatda institut rektori Ilhomjon To’xtasinov bilan tashkil etilgan uchrashuvda mutaxassislar faoliyati davomida uchragan kamchiliklar muhokama qilindi, o'quv jarayonini rivojlantirish bo'yicha takliflar va xulosalar olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-06-02 21:55:02 227