Samarqand davlat chet tillar instituti rektori “Bo’ston” mahallasi faollari hamda yoshlari bilan uchrashdi

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi yaratilgan bo’lib, unga binoan jamiyatdagi har bir yosh bilan alohida yaqindan ishlash vazifasi belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun, 3-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov Samarqand shahrida joylashgan “Bo’ston” mahallasida bo’lib, mahallaning hayoti bilan yaqindan tanishdi hamda mahalla faollari uchrashdi.

Shuningdek, mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashib, ularning taklif hamda mulohazalari bilan o’rtoqlashdi. Jarayon davomida ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va biror kasb egalari bo’lib yetishishida o’zining takliflarini bildirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2023-06-03 21:18:05 192