“Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz” shiori ostida davra suhbati bo’lib o’tdi

Bugun, 3-iyun kuni yoshlar o‘rtasida  millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,  hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib qolishning oldini olish hamda insonlar o‘rtasida o‘zaro  hurmat,  teng huquqlilik, tinchlik va  totuvlikni targ‘ib etish maqsadida  “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Tinchlik – eng oliy ne’mat” shiorlari ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Jarayonda viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash, millatimizga yot bo’lgan zararli oqimlarga qarshi turadigan qodir yoshlarni tarbiyalash, talaba-yoshlarning turli xil salbiy guruhlarga qo’shilib ketishining oldini olish kabilar borasida fikr-mulohaza yuritildi. Davra suhbati so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan atroflicha javoblar olishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-06-03 21:40:52 267