Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Xitoy oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Pekin ikkinchi xorijiy tillar universiteti delegatsiyasi Samarqand davlat chet tillar institutida bo’lib, institut rahbariyati vakillari bilan uchrashdi. Unda tomonlar o’rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish borasida takliflar bildirildi. Shuningdek, xorijiy til bilan birgalikda tomonlarning milliy madaniyatlarini ham o'rganish bo’yicha qator loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.







SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
