Joriy o’quv yilining yakuni va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilmqoda

Samarqand davlat chet tillar inistituti o’quv ishlar bo’yicha prorektori Sh.Ro’ziqulov hamda Ingliz tili-II fakulteti professor-o’qituvchilari ishtirokida davra suhbati o’tkazdi. Unda 2022/2023 o’quv yili yakunlari, nazorat turlarini tashkil etish, o’quv jarayonlari bo’yicha yillik hisobotlar hamda kelgusi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, jarayon davomida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi F.Abdurahmonov tomonidan yakuniy nazorat sinovlarini adolatli va shaffof tashkil etish, professor-o’qituvchilarning korrupsiyaviy holatlarga yo’l qo’ymaslik, agarda ushbu holat sodir etilgan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralarining ko’rilishi borasida ogohlantirildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-06-13 16:45:53 178