2022/2023 o’quv yili bitiruvchilari uchun bitiruv oqshomi o’tkazildi

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi taraqqiyot zamonida yurtimizda talaba-yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda. Shu munosabat bilan bugun, 23-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida 2022/2023 o’quv yili bitiruvchilari uchun bitiruv oqshomi o’tkazildi.

Unda talaba-yoshlar, ota-onalar, professor-o’qituvchilar va barcha qiziquvchilar ishtirok etishdi. Unda o’qish davomida ilmiy, o’quv, ma’naviy va ma’rifiy jarayonda faol bo’lgan bitiruvchilar bir nechta nominatsiyalar bo’yicha taqdirlanishdi.

Jarayon davomida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov so’zga chiqib, so’nggi yillarda institutda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida belgilangan istiqbolli rejalar to’g’risida aytib o’tdi va bitiruvchilarga kelajakdagi faoliyatlarida omod yor bo’lishini bildirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-06-23 21:43:18 179