O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash yuzasidan qog‘ozsiz ish yuritishga o‘tish jarayonini jadallashtirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida tizimli ishlar qilinib kelinmoqda.
Jumladan, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi negizida ishlab chiqilgan “edo.ijro.uz” moduli orqali elektron hujjat aylanish tizimiga to‘liq o‘tish choralari bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotlar bilan birgalikda seminar tashkil qilindi va tizim bo’yicha barcha tushuncha va ko’rsatmalar berildi.




SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
