9-iyul kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon, ya’ni Prezidentlik saylovi bo’lib o’tadi. Unda xalqaro kuzatuvchilar va xorijlik ommaviy axborot xizmati vakillari ham ishtirok etishi reja qilingan
Shu bois Samarqand davlat chet tillar institutining professor-o’qituvchilari hamda tajribali talaba-yoshlaridan iborat tarjimon volontyorlar jamoasi xorijlik mehmonlarga aeroport va vokzalda, mehmonxonalar va tarixiy obidalarda, saylov o‘tkaziladigan maskanlarda ishtirokchilarga beminnat xizmat ko‘rsatadi, ularga hamrohlik qiladi.
Bugun, institut rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda institut mas’ullari saylov jarayonlarida tarjimonlik qiluvchilar bilan uchrashishdi. Unda yurtimizda bo’layotgan siyosiy jarayonlar, iqtisodiy o’sish, turizmni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar, tarixiy obidalar haqida yetarli ma‘lumotga ega bo‘lish, yurtimizda o’tkazilayotgan xalqaro tadbirlar xususida xabardor bo’lish yuzasidan tarjimonlarga batafsil ko’rsatmalar berildi.




SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
