Turkiyaning Dijla universiteti bilan SamDCHTI o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Bir necha kun oldin o'tkazilgan “Markaziy Osiyo oliy ta’lim xabi sifatida” xalqaro konferensiyasi doirasida Samarqand shahrida bo'lib turgan Turkiyaning Dijla universiteti rektori professor Mehmet Karakoch janoblari hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori professor Ilhomjon To'xtasinovlar o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Dijla universiteti rektori O'zbekiston ta'lim muassasalari bilan hamkorlik olib borish ushbu universitetning ustuvor maqsadlaridan biri ekanligini alohida bildirib o'tdi.
Shuningdek, tomonlar o'rtasida o'zaro o'qituvchilar va talabalar almashinuvi hamda Erasmus+ loyihalarini amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilishga kelishildi va bu borada ikki tomonlama hamkorlik Memorandumi ham imzolandi.

Share:
2023-07-11 09:02:12 161