AQShning Webster universiteti bilan hamkorlik shartnomasi muddati uzaytirildi

Ma'lumki 2018-2019 o'quv yilidan buyon SamDCHTI qoshida Webster universitetining 1 yillik MA TESOL (O'zga tilli o'quvchilarga ingliz tilini o'qitish) magistratura dasturi amalga oshirilib kelinmoqda.

Ushbu dastur bo'yicha 2023-2024 o'quv yilida ham magistrantlarni qabul qilish maqsadida hamkorlik shartnomasi muddati uzaytirildi.  Shartnoma Webster universiteti Prezidenti janob Yulian Shuster (Julian Schuster) hamda SamDCHTI rektori professor Ilhomjon To'xtasinovlar tomonidan imzolandi.

Share:
2023-07-11 09:32:18 165