2-kun. Samarqand davlat chet tillar institutiga hujjat topshirgan abituriyentlar ijodiy imtihonlarini topshirish jarayoni davom etadi

2023-yil 17-23-iyul kunlari barcha hududlarda 8 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkazilishi to'g'risida xabar berilgan edi.

Imtihon sinovlari 2 bosqichda tashkil etilib, 1-bosqichda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni — 17-20-iyul kunlari kompyuter orqali topshiriladi, 2-bosqichda tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihoni — 21-23-iyul kunlari qog‘oz shaklda bo‘lib o‘tadi.

Kuni kecha, 17-iyul kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga hujjat topshirgan abituriyentlar ijodiy imtihonlarining 1-bosqichi boshlanga edi. Bugun, 18-iyul kuni ijodiy imtihon topshirish jarayonining 2-kuni ham yakunlandi.

 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-07-18 21:34:53 108