“ENGLISH ACCESS MICROSCHOLARSHIP PROGRAM” LOYIHASI YOZGI OROMGOH FAOLIYATI BOSHLANDI

Xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimi o’rtasidagi uzviylikni ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol avlod sifatida tarbiyalash va ularning salomatligini mustahkamlash, maktab o’quvchilarining yozgi ta’til davomida bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida AQShning O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Samarqand davlat chet tillar instituti bazasida 2022-2024 yillarga mo’ljallangan “English Access Microscholarship Program” loyihasining yozgi oromgohiga start berildi.

Yozgi oromgoh 2023-yil 18-iyuldan 30-iyulgacha bo’lgan muddatga rejalashtirilgan bo’lib, unda Samarqand shahridagi umumta’lim maktablarining 8-10-sinf o’quvchilaridan iborat 50 nafar yoshlar bepul ishtirok etishmoqda.

Oromgoh ishtirokchilari xalqaro loyiha a’zolaridan iborat bo’lib, ular 3 ta guruhga taqsimlandi. Har bir guruh 16 nafar o’quvchidan iborat bo’lib, har bir guruhga 1 nafar mahalliy ingliz tili o’qituvchisi rahbar sifatida va 1 nafar SamDCHTI talabalasi volontyor sifatida biriktirilgan.

Ingliz tiliga ixtisoslashgan mazkur oromgohda ingliz tili mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida zamonaviy metodlardan foydalangan holda intensiv muhitda Ingliz tili va axborot texnologiyalari fanlari, shuningdek, sport, musiqa va raqs to‘garaklari tashkil etilgan. Shuningdek, oromgoh doirasida turli xil ko’ngilochar mashg’ulotlar, iste’dod shoulari, quvnoqlar va zukkolar, she’rxonlik va teatr tomoshalari kabi bir-birini to’ldiruvchi turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-07-19 16:41:14 149