Imtihon topshiriladigan hududlar mas'ullar tomonidan o'rganilmoqda

Samarqand davlat chet tillar institutida 2023/2024 o'quv yili qabul jarayonlari bo‘yicha abituriyentlarning murojaatlariga javob berish va ularning batafsil ma’lumot olishlari uchun “Call-markaz” va ''Maslahat markazlari"ning faoliyati muntazam davom etdi.

Qabul jarayonlari doirasida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklarni ta'minlash bilan bir qatorda, savollariga tezkor javob berish maqsadida barcha imkoniyatlar yaratildi. Ertaga, 20-iyul kuni abituriyentlar OTMga kirish bo’yicha hujjat topshirish jarayonining oxirgi kuni.

Hozirda viloyatimizda abituriyentlarning test topshiradigan hududlarini tayyorlash ishlari jadal ravishda olib borilmqoda va bu borada mas’ullar ham imtihon topshiradigan binolarni, hududlarni o’rganish ishlarini olib borishmqoda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-07-19 17:04:55 135