KADIZ UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKDA ILK MAROTABA ISPAN TILI BO’YICHA YOZGI OROMGOH FAOLIYATIGA START BERILDI

Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o‘qitish sifatini ta’minlash, chet tillarida erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada ilg’or xorijiy tajribaga asoslangan holda xorijiy mutaxassislarni jalb etish  maqsadida hamkor oliy ta’lim muassasalarimizdan biri Ispaniyaning Kadiz Universiteti bilan  hamkorlikda Samarqand davlat chet tillar institutining “Ispan va italyan tillari” kafedrasida yozgi oromgoh o’z faoliyatini boshladi.

“El campo de verano” yozgi oromgohi  2023-yil 17-iyuldan 3-avgustgacha bo’lgan muddatga rejalashtirilgan bo’lib, unda “Ispan va italyan tillari” kafedrasi ispan yo’nalishining a’lochi talabalari bepul ishtirok etishmoqda.

Ispan tilini  o‘zlashtirish darajasini davlat ta’lim standartlarida belgilangan “Tinglab tushunish” (Audición), “O‘qish” (Lectura), “Yozish” (Escritura), “Gapirish” (Conversación) ko‘nikmalari asosida o’rganishga qaratilgan intensiv kursga xorijiy ispan tili o’qituvchisi rahbar sifatida va 1 nafar gid tarjimon volontyor sifatida biriktirilgan.

Ushbu oromgohda ispan tili tajribali xorijiy mutaxassis tomonidan ilg’or zamonaviy metodlardan foydalangan holda intensiv muhitda o’qitilishi bilan birgalikda, ispan tilida gid tarjimonlik qilish sir-asrorlari bo’yicha amaliy mashg’ulotlar vositasida  tajriba almashinilmoqda.

 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-07-19 17:18:04 111