Mahallalardagi yoshlarning holidan xabar olish ishlari davom etmoqda

Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan mahallardagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning holidan xabar olish ishlari tizimli yo’lga qo’yildi. Bu borada mas’ullarga kerakli ko’rsatmalar berilib, mahalla yoshlariga biriktirildi.

Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ham o’ziga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiladigan yoshlar bilan uchrashuvlar o’tkazish bilan birga ularga moddiy va ma’naviy ko’mak berish tadbirlarini ham amalga oshirmoqda.

Bugun, 26-iyul kuni Ilhomjon To'xtasinov Samarqand shahridagi “Bo’ston”, "Guliston" hamda "Dukchiyon" mahallalarida bo’ldi. Unda mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oila farzandlarining har biriga kitoblar jamlanmasi va qimmatbaho sovg'alar tuhfa etilib, bir martalik 500 000  so'm miqorida moddiy yordamlar ko’rsatildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-07-26 19:55:18 139