Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan mahallardagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning holidan xabar olish ishlari tizimli yo’lga qo’yildi. Bu borada mas’ullarga kerakli ko’rsatmalar berilib, mahalla yoshlariga biriktirildi.
Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov ham o’ziga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiladigan yoshlar bilan muntazam uchrashuvlar o'tkazmoqda. Uchrashuvlar davomida ularning takliflarini va muammolarini ham o'rganmoqda.
Bugun, 31-iyul kuni Ilhomjon To'xtasinov Samarqand shahridagi “Devori ko'ndalang”, "Guliston" hamda "Dukchiyon" mahallalarida bo’ldi. Unda mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oila farzandlarining har biriga kitoblar jamlanmasi va qimmatbaho sovg'alar tuhfa etdi hamda ularning har biriga bir martalik 500 000 so'm miqorida moddiy yordamlar ko’rsatdi.






.jpg)

.jpg)
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
