Bugungi kunda Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil oluvchi hamda yangi o’quv yilida o’qishga qabul qilinadigan talabalarni turar joylar bilan ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Yangi 2023-2024 o‘quv yilida jami talabalar soni 13 059 nafarni tashkil etishi kutilmqoda. O‘quv yili boshida talabalar turar joyiga bo‘lgan umumiy ehtiyoj 3510 ga yaqin.
Hozirda Samarqand davlat chet tillar institutida mavjud 5 ta talabalar turar joyi 1980 o’ringa moslashgan bo’lib, bu ko’rsatkich umumiy talabalarning 15 foizini, turar joyga ehtiyoji bor talabalarning 56 foiz qismini qamrab olishga yetadi.
Institut talabalarini turar joy bilan ta’minlash yuzasidan “Yo‘l xarita” ishlab chiqilib, unga muvofiq ishchi guruh tashkil etildi. Ishchi guruh tomonidan talabalarni turar joylariga joylashtirish bo‘yicha manager.samdchti.uz/talaba platformasi ishlab chiqildi hamda talabalarga mobil telefonlari orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi.
Onlayn platforma orqali arizalar joriy yilning 20-iyulidan 10-avgust kuniga qadar qabul qilindi. Bunda 2-, 3- va 4-bosqich talabalaridan jami bo‘lib, hozirgi kungacha 717 ta ariza kelib tushdi. Ayni kunlarda onlayn arizalarni ko‘rib chiqish ishlari davom etmoqda.
Hozirda talabalar turar joyi bilan ta’minlanmagan yuqori bosqich talabalarini ijara xonadonlariga joylashtirish ishlari olib borilmoqda. 15-iyuldan hozirga qadar 410 ta ijara xonadoni topilib, 1605 nafar talabaga ijara xonodonlaridan turar joylar ajratildi.
Alohida ta’kidlash joiz, 2023/2024 o‘quv yilida 1-kurs talabalari uchun talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arizalar 20-avgustdan qabul qilinadi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
