Samarqand davlat chet tillar institutida talabalarni turar joylar bilan ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda

Talabalarni turar joy bilan ta'minlash maqsadida institutda tashkil etilgan "Talabalarni turar joy bilan ta'minlash shtabi" o'z ish faoliyatini olib bormoqda. Bunda talabalar shtabga kelib, talabalar turar joyida belgilangan tartib bo'yicha joylashishi yoki o'ziga ma'qul bo'lgan ijara xonadonlaridan birini tanlashi mumkin. 

Ma'lumot o'rnida, bugungi kunga qadar talabalarni turar joy bilan ta'minlash yuzasidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan muassasa atrofidagi mahallalardan 410 ta ijara xonadonlari topilib, 1605 nafar talabalarga ijara xonadonlaridan turar joylar ajratildi.  Hozirda 82 ta ijara xonadoni zaxira sifatida turibdi, endilikda ushbu zaxira xonadonlariga talabalarni joylashtirish tadbirlari olib borilmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-08-18 19:37:55 166