Samarqand davlat chet chet tillar institutida talabalarni turar joylarga joylashtirish tadbirlari davom etmoqda

Talabalar turar joyiga joylashish maqsadida my.gov.uz orqali ariza bergan 1-bosqich talabalari soni 904 nafarni tashkil etadi. Shundan hozirgi kunga qadar 485 nafari talabalar turar joyiga joylashtirildi. 

Institut tomonidan yaratilgan manager.samdchti.uz  platformasi orqali onlayn ariza topshirgan yuqori bosqich talabalari jami 1472 tani tashkil etadi. Shundan 421 nafariga talabalar turar joyidan joy ajratildi.

Ma'lumot uchun, hozirda Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan "Ma'lumotlar markazi"da har kunlik navbatchilik tashkil etilgan bo'lib, 500 dan ortiq og'zaki murojaatlar kelib tushdi. 300 dan ortiq 1-bosqich talabalari ijara xonadonlariga joylashtirildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-09-05 16:30:21 88