Institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori 1-bosqich talabalariga ma’ruza qildi

Respublikamizning barcha ta’lim tashkilotlarida, xususan, oliy ta’lim muassasalarida ham joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlab o’quv jarayonlari boshlandi. Samarqand davlat chet tillar institutida ham bugungi kunda yangi o’quv yili qizg’in jarayonda davom etmoqda.

Bugun, 6-sentabr kuni institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Fazliddin Ro’ziqulov birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun ma’ruza qildi. Unda, avvalo, institutda o’quv jarayonlarining davom etishi, nomdor davlat stipendiyalariga sazovor bo’lish tartibi, talabalarning dasr jarayonlarida faol bo’lishi to’g’risida so’zladi.

Shuningdek, jarayon davomida davlatimiz rahbari tomonidan talabala-yoshlarga qaratilayotgan e’tirbor, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so’z bordi va sohaga tegishli eng so’nggi qabul qilingan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati talaba-yoshlarga yetkazildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-09-06 20:20:39 454