Yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor 1-bosqich talabalariga ma’ruza qildi

Joriy yilning 6-sentabr kuni institut Yoshlar masalalari, ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Otabek G’aybullayev birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun ma’ruza qildi.

Prorektor ma’ruzasi davomida talabalarga bo’sh vaqtlarida mazmunli mashg’ulotlar bilan shug’ullanishi, xalqaro va respublika miqiyosida o’tkaziladigan fan olimpiadalari va tanlovlarga tayyorgarlik ko’rish borasida takliflarini bildirib o’tdi.

Shuningdek, institutda besh tashabbus doirasida muntazam ravishda o’tkaziladigan sport tadbirlari, san’at va musiqa hamda kitobxonlik musobaqalari xususida so’z yuritib, unda talabalarning faol bo’lishlari ta’kidlandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-09-06 20:43:15 127