Oziq-ovqat xavfsizligi bo'yicha o'tkazilayotgan konferensiyada 100 dan ortiq tarjimon-volontyorlarimiz faoliyat olib bormoqda

Azim va hamisha navqiron Samarqandda muntazam ravishda turli xil xalqaro konferensiyalar, forumlar o'tkazilib kelinmoqda.

Shu kabi tadbirlarning navbatdagisi bo’lmish “Oziq-ovqat xavfsizligi konferensiyasi” bo'lib, bugun birinchi kuni yakunlandi. Ushbu konferensiyaning o'tkazilishi joriy yilning 7-8 sentabr kunlariga mo'ljallangan.

Ushbu anjumanda Samarqand davlat chet tillar institutidan 100 nafardan ortiq ko’ngilli tarjimonlar oliy martabali mehmonlarga hamrohlik qilishmoqda, bundan tashqari shahrimizning muhim strategik obektlari, tarixiy obidalarini ham tanishtirishoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-09-07 18:48:45 123