Ilmiy unvon hamda ilmiy darajaga erishgan professor-o’qituvchilar kompyuterlar bilan taqdirlanishdi

Samarqand davlat chet tillar instituti Ilmiy Kengashining 2-sonli yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi;

– Institut professor-o‘qituvchilari ilmiy salohiyatini oshirish va yoshlarni ilmiy-tadqiqotga jalb qilish;

– Bitiruv malakaviy ishi mavzulari, ilmiy rahbarlari va maslahatchilarini tasdiqlash;

– Institutda ta’limning kredit-modul tizimining yuritilish holati va galdagi muhim vazifalar kabilar.

Shuningdek, Kengash so’ngida institutning ilmiy unvon hamda ilmiy darajaga erishgan professor-o’qituvchilar diplom hamda kompyuterlar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-10-07 20:32:12 235