Ispaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda

Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati davomida 100 dan ortiq nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda dunyoning yetakchi ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab kelmoqda.

Jumladan, bugun, 12-oktabr kuni Ispaniyaning Kadiz universiteti xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Rafael Ximenez Kastanyeda hamda ushbu universitetning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha xalqaro markaz direktori Andres Santana Arribaslar Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi.

Unda ispaniyalik mehmonlar hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulovlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv o’tkazildi va fikr-mulohazalar, takliflar almashinildi.

Shuningdek, jarayon davomida Samarqand davlat chet tillar institutida Ispaniyaning Kadiz universiteti bilan hamkorlik ishlarini amalga oshirish bo’yicha Markaz tashkil etilib, ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Undan so’ng tomonlar o’rtasida hamkorlik ishlarini davom ettirish yuzasidan Shartnoma imzolandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-10-12 19:11:40 147