Institut talabalarini Germaniyada ish bilan ta'minlash yuzasidan amaliy ishlar qilinmqoda

Bugun, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov hamda Germaniya Savdo-sanoat palatasining O’zbekistondagi vakili Alisher Sadykovlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Unda institut talabalarini Germaniyada ish bilan ta’minlash yuzasidan “Ausbildung” dasturi orqali kasbiy ta’limga tayyorlash bo’yicha fikr-mulohazalar almashinildi. So’ngra tomonlar o’rtasida hamkorlikda ishlash xususida rejalar tuzilib, o’zaro kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun, “Ausbildung” dasturi bu – ma’lum kasbga yo’naltirilgan, nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirgan holda kasbni chuqur o’rgatish uchun Germaniya mehnat vazirligi tomonidan tashkil etilgan dastur hisoblanadi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-10-14 19:42:07 150