Ona tilim – sen ruhimning qanoti

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

Shu munosabat bilan O'zbek tili bayrami kuni Samarqand davlat chet tillar institutida ham tantanali tarzda nishonlandi. 21-oktabr – O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. 

Unda talabalar tomonidan tayyorlangan, shuningdek, ona tilimizni madh etuvchi milliy kuy-qo'shiqlar, she'rlar hamda badiiy sahna ko'rinishlari tomoshabinlar e'tiboriga havola etildi. Jumladan, jarayonda faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg'alar hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati
 

Share:
2023-10-20 17:59:29 121