Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov talaba va pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shunigdek, endilikda qayta ta’mirlash ishlari davom etayotgan 200 o’rinli talabalar turar joyini 400 o'ringa moslashtirish va bu borada rejalashtirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.
Jarayon davomida bugungi kunda qurilish ishlari davom etayotgan 8 qavatli 2000 ming o‘ringa moslashgan yangi o‘quv binosi, uning mustahkamlik darajasi, o’rnatilayotgan eshik va derazalarning zamonaviyligi hamda o’quv xonalarining jihozlanish holatlarini batafsil ko’zdan kechirdi va mas’ullarga bu borada kerakli ko’rsatmalarni berdi.
Ma’lumot uchun, 8 qavatli 2000 ming o‘ringa moslashgan yangi o‘quv binosi 2024-yil yanvar oyida, 200 o’rinli talabalar turar joyi 2023-yil dekabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.







SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
