Korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha birdek mas'uldir

"Aksilkorrupsiya oyligi" munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, institutning ichki buyruqlari hamda ish faoliyati jarayonida xodimlar tomonidan korrupsiyaviy hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik va ogohlikni kuchaytirish yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Sodiqov va bo‘lim bosh mutaxassisi F.Abdurahmonovlar tomonidan Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti "Ingliz filologiyasi kafedrasi" professor-o'qituvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi №419- sonli "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 27-oktabrdagi №564 va №565-sonli buyruqlari, institutning 2021-yil  21-dekabrdagi №511-sonli buyrug‘i hamda institutda  faoliyat  yuritayotgan Korrupsiyaga  qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining vazifalari xususida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksidagi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun  javobgarlikni kuchaytirishni belgilovchi Qonun  Senat tomonidan ma’qullangani, unga ko‘ra Kodeksning sakkizinchi bo‘limi Korrupsiyaga oid jinoyatlar atamasi bilan to‘ldirilgani va 16 ta moddada nazarda tutilgan jinoyatlar korrupsiyaviy jinoyatlar sifatida e’tirof etilgani bildirib o‘tildi. Xususan, korrupsiyaga oid 168, 205, 206, 208, 209, 210, 211, 212, 213, 214-moddalari va ularga qo‘llanadigan sanksiyalar tanishtirilib, yana bir bor ishtirokchilar ogohlikka chaqirildi.

Fakultetda faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilar va xodimlar institutning ichki-tartib qoidalari, lavozim yo‘riqnomalarga qat’iy rioya qilishi, o‘z ishiga halol bo‘lishi, korrupsion va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari  alohida uqtirildi. Yig'ilish oxirida professor-o'qituvchilar orasida so'rovnoma ham o'tkazildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-11-10 13:13:24 111