Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati davomida 100 dan ortiq nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda dunyoning yetakchi ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab kelmoqda. Germaniya oliy ta’lim muassasalari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabatda bugun, 16-noyabr kuni Gyote institutining Toshkent shahridagi filiali hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari o'rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda mavjud hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida takliflar almashinildi.
Uchrashuv so’ngida DLL fanini keng ko'lamda institut talabalariga o’qitish va bu borada professor-o’qituvchilarning tajribasini oshirish yuzasidan tomonlar o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Jumladan, nemis tilini o'rganayotgan talabalar uchun Geothe imtihoniga tayyorlash kurslari tashkil etish hamda seminar treninglar o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.







SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
