Belgiya Ta'lim Kengashi hamda SamDCHTI o'rtasida hamkorlik memorandum ham imzolandi

Avval xabar qilinganidek, institut xodimlari, ya'ni xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i B.Berdialiyev hamda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o'qituvchisi F.Bakiyevlar 20-25 noyabr kunlari Belgiya Ta'lim Kengashi tomonidan tashkil etilgan "Yevropa tajribasi: bilimlarni tijoratlashtirish va tadbirkorlik universitetini rivojlantirish” mavzusidagi seminarlar haftaligida ishtirok etishmoqda.

Haftalik davomida, jumladan, Belgiyaning Antverpen menejment universitetida ushbu universitet o'quv dasturlari, o'qituvchilarni ishga qabul qilish tartiblari, ularga qo'yiladigan talablar, shart-sharoitlar bilan tanishildi.

Shuningdek, Horizont, Erasmus+ dasturlari bo'yicha ekspertlari, Germaniya akkreditatsiya agantligi (ASIIN), Yevropa ta'lim siyosati bo'yicha maslahatchilari Kengashi (EPAN) kabi tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuvlar va seminarlar bo'lib o'tdi.

Jumladan, O'zbekistonning Belgiya qirolligidagi elchixonasida (Brussel) tashkil etilgan Yevropa ommaviy axborot vositalari vakillari (EU Today) hamda Belgiya oliy ta'lim tashkilotlari vakillari ishtirokidagi brifingda SamDCHTI to'g'risida taqdimot qilindi. Jarayon davomida Belgiya Ta'lim Kengashi hamda SamDCHTI o'rtasida hamkorlik memorandum ham imzolandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-11-24 17:34:42 272