​Ispaniyaning Kadiz universitetida “Oʻzbek-ispan” markazi tashkil etildi

Kadiz universitetida Samarqand davlat chet tillar instituti va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida birinchi marotaba “Oʻzbek-ispan” markazi tashkil etildi.

Xabar berilganidek, o’sha vaqtning o’zida Samarqand davlat chet tillar insitutida ham “Ispan-oʻzbek” markazining ham ochilish marosimi o’tkazildi.

Jarayon davomida Samarqand davlat chet tillar instituti va Ispaniyaning Kadiz universitetida rahbariyati vakillari o’rtasida onlayn muloqot ham o’tkazilib, xalqaro hamkorlik borasida amalga oshiriladigan ishlar, loyihalar yuzasidan kelishuvga erishildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-11-30 18:03:49 165