Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi 3- va 4-qo‘shma yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi;
– Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-son qarori bilan “Oliy ta’lim muassasalari xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida amalga oshirilayotgan ishlar;
– Institutda fan va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro innovatsion hamkorlikni amalga oshirishning ahvoli va kafedralarda xo‘jalik shartnomalarini shakllantirish xususida;
– Institutda 2023-2024 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi;
– Institutda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning ahvoli;
– Institutga biriktirilgan umumta’lim maktablari bilan hamkorlik tadbirlarining bajarilishi hamda institut akademik liseyi va texnikumi faoliyati kabi masalalar ko’rib chiqildi.
Shuningdek, jarayon davomida ilmiy unvon hamda ilmiy darajaga erishgan professor-o’qituvchilar kompyuter va diplomlar bilan taqdirlanishdi.








SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
