Janubiy Koreyaning Hankuk xorijiy tillar universiteti bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi

Bugun, 13-dekabr kuni Janubiy Koreyaning Hankuk xorijiy tillar universitetining mintaqaviy tadqiqotlar xalqaro markazi direktori janob Kang Jun Young boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi.

Unda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov ishtirokida rahbariyat vakillari hamda mehmonlar o’rtasida rasmiy uchrashuv o’tkazildi. Jumladan, uchrashuvda o'zaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar o’rtasida ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, qo'shma ta'lim dasturlarini tashkil etish bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Delegatsiya vakillari institutda tashkil etilgan “Koreys tili va adabiyoti” markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2023-12-13 19:34:25 242