Ma'lumki, Samarqand davlat chet tillar instituti va Soonchunhyang universiteti hamkorligida tashkil etilgan xalqaro qo'shma ta'lim dasturlarida ayni paytda Janubiy Koreyaning ushbu universitetida 50 nafar o'zbekistonlik talabalar tahsil olishmoqda.
Shu munosabatda bugun, 16-dekabr kuni ushbu universitetning xalqaro iqtisodiyot kolleji dekani professor Byung Woong Chung institutda mehmon bo'ldi va institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Janubiy Koreyaning Soonchunhyang universitetida o’qishini davom ettirayotgan o’zbekistonlik talabalarning o'qishlari to’g’risida suhbatlashildi va kelgusida qilinadigan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
