Xalqaro hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda

Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari janob Chjan Chinvey, XXRning O‘zbekistondagi elchisi janob Yu Jun hamrohligidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy institutiga tashrif buyurdi. 

Konfutsiy institutining O‘zbekiston tomonidan direktori Sh.Safarov mehmonlar uchun tayyorlangan badiiy tadbirni ochib berdi. Shundan so’ng Xitoy tomonidan direktor Van Duanyong mehmonlarni Konfutsiy institutining bugungi kundagi rivojlanish holati bilan tanishtirib o’tdi. O’quvchilar tomonidan tayyorlangan xitoycha, o’zbekcha milliy raqs va qo’shiqlar mehmonlarga namoyish etildi.

Janob Chjan Chinvey Samarqand davlat chet tillar institutiga va Konfutsiy institutiga samimiy qabul uchun oʻz minnatdorchiligini bildirib, Konfutsiy instituti oʻqituvchi va talabalarini Oʻzbekiston – Xitoy doʻstliginining rivojlantirishiga oʻz hissalarini qoʻshishda davom etishiga umid bildirdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-12-19 17:23:06 135