Fazliddin Ro'ziqulov muallifligida Pokistonning nufuzli “The Diplomatic Inside” jurnalida “Yutuqlar va natijalar: Samarqand davlat chet tillar instituti jahon akademik sohasida” mavzusidagi maqolasi chop etildi

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro'ziqulov muallifligida Pokistonning nufuzli “The Diplomatic Inside” jurnalida “Yutuqlar va natijalar: Samarqand davlat chet tillar instituti jahon akademik sohasida” mavzusidagi maqolasi chop etildi.

Unda Samarqand davlat chet tillar institutida so‘nggi yillarda bo‘lgan o‘zgarishlar, amalga oshirilgan islohotlar, talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan qilinayotgan xalqaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Ma'lumot uchun: 
"Pokistonning ommaviy (xalq) diplomatiya bo'yicha yetakchi jurnali The Diplomatic Insight 2009-yilda tashkil etilganidan buyon ma'lumotli muloqot orqali yangiliklarni targ'ib qilishda yetakchi o'rinlarda turadi. Ushbu jurnalning butun dunyodagi kuzatuvchilari 300 million odamlarni tashkil etadi."

Maqolani o'qish bosing

Share:
2023-12-21 15:35:10 418