Bugun, 28-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasidan kelib chiqib, institut jamoasi oldida turgan vazifalar;
– Institutda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat Dasturi asosida rejalarning bajarilishi;
– 2023-2024 o‘quv yili uchun talabalar qabuli yakuni to‘g‘risida;
– Institut doktorantlari va mustaqil izlanuvchilarning attestatsiyasi yakunlari;
– Tayanch doktorantura va doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilikka 2024-yil uchun qabul yakuni, ularning mavzulari va ilmiy maslahatchilarini tasdiqlash kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, jarayon davomida ilmiy unvon hamda ilmiy darajaga erishgan professor-o’qituvchilar kompyuterlar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
