
Begʼubor yurtimizga yangi – 2024-yil kirib kelmoqda. Siz, muhtaram otaxon va onaxonlar, mehribon opa-singillarimiz, navqiron yoshlarimiz, butun xalqimizni yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va quvonch doimo hamroh bo'lsin!
Azizlarim, qadrdonlarim! Xalqimizning barcha orzu-niyatlari ushalsin! Farzandlarimizning baxt-u kamolini ko‘rish barchamizga nasib aylasin! Go‘zal va betakror yurtimiz tinch-osoyishta, oliyjanob, bag‘rikeng xalqimiz hamisha omon bo‘lsin! 2024-yilning qutlug‘ kelsin! Yangi yil barchangizga muborak bo‘lsin!
Fazliddin Ro'ziqulov,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
