Fazliddin Ro’ziqulov: “O’quv jarayonida ta’lim va tarbiyani uzviylikda davom ettirish lozim”

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov institutning Roman-german tillari fakultetida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar bilan o’tkazgan uchrashuvida o’quv jarayonida ta’lim va tarbiyani uzviylikda davom ettirishni alohida ta’kidladi.

Jumladan, unda “Ustoz-shogird” an’anasini davom ettirishda mas’uliyatli bo’lish, talabalarni xorijiy, ilmiy loyihalarga hamda nomdor davlat stipendiyalariga tayyorlash, xorijiy jurnallarda ilmiy ishlanmalarni chop etish, fakultetda ilmiy to’garaklar faoliyatini kengaytirish kabilar yuzasidan ma’sullarga vazifalar belgilandi.

Xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy ilmiy adabiyotlarni tarjima qilib, o’quv jarayoniga tadbiq etish kabilar ham shular jumlasidan.

SamDCHTI Axborot xizmati
 

Share:
2024-01-05 20:57:21 155