Institutning xalqaro aloqalari yanada kengaymoqda

 

Bugun, 31-yanvar kuni Yaponiyaning Nara prefekturasi vakillarini Samarqand davlat chet tillar institutida bo’lishdi. Unda Samarqand davlat chet tillar instituti va Nara prefekturasi o’rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida tomonlar o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Jumladan, institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov hamda Nara prefekturasining xalqaro hamkorlik departamenti direktori Tasuya Xitomi janoblari o’rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan takliflar almashinildi.

Professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish va ularning tajribasini yanada oshirish, birgalikda yangi ta’lim loyihalarini amalga oshirish, yapon va o’zbek tillarini o’qitish borasida ikkala tomon uchun yangidan yangi o’quv adabiyotlari va darsliklar yaratish kabilar shular jumlasidan.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-01-31 17:52:25 1234