Samarqand davlat chet tillar institutida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi keng nishonlandi

Samarqand davlat chet tillar institutida Alisher Navoiyning 583 yillik tavallud ayyomi joriy yilning 8-fevral kunida "Navoiy – millat ma’naviyatining porloq quyoshi" shiori ostida tantanali ravishda ma’daniy-ma’rifiy tadbir keng miqiyosida nishonlandi. 

Tadbirni institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulov kirish so'zi bilan ochib berdi va barchani Alisher Navoiyning 583 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan chin dildan muborakbod etdi. 

Jumladan, tadbir doirasida institut talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari va Navoiy ijodidan g'azallar ijro etildi. Jarayon so’ngida ushbu tantanani tashkil etishda tashabbus hamda faollik ko’rsatgan talabalar hamda professor-o’qituvchilar maxsus diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-02-08 18:57:24 143