Fazliddin Ro‘ziqulov talabalar bilan uchrashib, ularning takliflarini o‘rgandi

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro‘ziqulov talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar hayoti bilan yaqindan tanishib chiqdi. Yotoq joylari, ovqatlanish va oshxonalar, dam olish, dars tayyorlash xonalari hamda kutubxonalar faoliyati shular jumlasidandir.

Talabalar bilan suhbatlashish chog‘ida o‘quv jarayonlarida muntazam ishtirok etish lozimligi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo‘lish, ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda turli xil xalqaro va respublika tanlovlarida qatnashish kerakligi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.

Jarayon so‘ngida turar joydagi yaratilgan imkoniyatlar, isitish tizimining holati kompyuter va kutubxonalar borasida talabalar tomonidan bildirilgan takliflar inobatga olindi hamda bu borada mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-02-21 12:02:49 203