Talabalar umumta’lim maktablarida o’z mutaxassisliklari bo’yicha amaliyot o'tashadi

Payariq xorijiy tillar fakulteti "Umumiy fanlar" kafedrasida 2-kurs talabalari joriy yilning 1-aprel sanasidan 28-aprel sanasiga qadar respublikamizning turli hududlaridagi umumta’lim maktablarida o’z mutaxassisliklari bo’yicha 4 haftalik malakaviy amaliyotni o’tashadi. Ushbu talabalarga institut professor-o’qituvchilari tomonidan malakaviy amaliyot oldi konferensiyasi tashkil etilib, malakaviy amaliyot maqsadi, amaliyot o’tash jarayoni,  amaliyot kundaligining yuritilishi hamda malakaviy amaliyot hisobotlarining topshirilishi to’g’risida ma’lumotlar berildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2024-04-01 19:13:16 168