Italiyaning Pirujiya xorijliklar universiteti rektori (University for Foreigners of Perugia) Valerio De Cesaris boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutida bo‘lishdi.
Jarayon davomida institut rektori v.v.b. Fazliddin Ro‘ziqulov bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Unda o'zaro hamkorlik imkoniyatlari, jumladan, talabalar va o'qituvchilar almashinuvi, qo'shma ta'lim dasturlarini tashkil etish kabi yo'nalishlarda takliflar o‘rtaga tashlandi.
Shuningdek, delegatsiya a'zolari va SamDCHTI italyan tili o'qituvchilari hamda yo'nalish talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi hamda kelgusida qilinadigan ishlar bo‘yicha fikr-mulohazalar almashinildi.





SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
