SamDChTI va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi PQ-2855-son qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi huzurida “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi” tashkil etilgan.

Mazkur Markaz muqaddas islom dini rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, hadis ilmining sultoni, buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriyning ulkan merosini ilmiy asosda o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligiga targ‘ib etish, azaliy milliy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash asosida yosh avlodning ruhiy va ma’naviy olamini boyitish, imon-e’tiqodini mustahkamlash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirish maqsadida Samarqand viloyati Payariq tumani hududidagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining yonida bunyod etilgan.

Joriy yilning 25-yanvar kuni institut rektori I.M.Tuxtasinov, institutning arab tili va adabiyoti o‘qituvchisi misrlik fan doktori Hashim Ismail Hamam, institut xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i O.Yusupovlar hamda institut jamoasi Imom “Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi” va “Hadis ilmi” maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishib, markaz ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlanib nashr qilingan “Imom Buxoriy ta’rifi”, “Samarqand allomalari” hamda “Odamlar xazinasi” kitoblarining taqdimotida ishtirok etishdi. Markaz bilan kelgusida arab tili mutaxassislarini tayyorlash, hamkorlikda malakaviy amaliyotlarni tashkil etish, tarjima asarlarini yaratish hamda konferensiyalar tashkil etish masalalari yuzasidan kelishib olindi.

Share:
2019-01-26 08:00:00 83