Forum Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilmoqda.
“Zamonaviy bosqichda O‘zbekiston va Qirg‘izistonda oliy ta’lim va fanni rivojlantirish xususiyatlari” mavzusidagi anjumanda Qirg‘iziston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin yetakchi oliy ta’lim muassasasi rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 30 dan ortiq oliygoh rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari qatnashadi.
Anjumanda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, turizm, geologiya, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilinadi.
Forum yakuni bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston rektorlari tomonidan o‘zaro hamkorlik doirasida 30 ga yaqin anglashuv memorandumi, bitim va yo‘l xaritalari imzolanishi kutilmoqda.
Shuningdek, anjuman doirasida mehmonlar Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti faoliyati va Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtiriladi.
Forum doirasida o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, bakalavr va magistrantlar uchun o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, hamkorlikda ilmiy va amaliy konferensiyalar o‘tkazish, shuningdek, ta’lim va ilmiy yo‘nalishlarda tajriba almashish bo‘yicha Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Qirgʻizistonning Botirali Sidiqov nomidagi Qirgʻiz-Oʻzbek xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.




.jpg)



SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
