2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilinganidan xabaringiz bor.
Samarqand davlat chet tillar institutiga talabalikka tavsiya etilganlar va etilmaganlar diqqatiga, qog'oz shaklidagi mandat natijalari yo‘nalishlar kesimida institutning quyidagi fakultetlar binolarida e’lon qilingan:
1) Roman-german tillari fakulteti binosida (filologiya va tillarni o‘qitish (nemis, fransuz, italyan, ispan va rus tillari) ta’lim yo‘nalishlari;
2) Ingliz tili I va II fakultetlari binosida (xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)) ta’lim yo‘nalishi;
3) Sharq tillari fakulteti binosida (filologiya va tillarni o‘qitish: koreys, yapon, arab, xitoy, turk tillari, shuningdek, filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili va adabiyoti, xalqaro jurnalistika, kompyuter lingvistikasi) ta'lim yo'nalishlari;
4) Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti binosida (filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili, tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili), turizm va mehmondo‘stlik hamda kechki ta’lim shaklidagi barcha ta’lim yo‘nalishlari.
Unda Siz yo'nalishlar kesimida kirish ballari, qancha ball to'plaganingiz, ro'yxatda nechanchi o'rinda turganingiz kabilar bilan tanishishingiz mumkin.
❗️Eslatma: talabalikka tavsiya etilmaganlarda o'qish istagi bo'lsa, super-kontrakt bilan bog‘liq ayrim tushuntirish berib o‘tamiz. Eng avvalo, 2024-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.
Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Arizani sentabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz. Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi.
❗️Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?
Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.
Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi.
❗️Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?
Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.
❗️O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?
Agar abituriyent beshala yo’nalishga ham kira olmagan bo’lsa, unda istalgan yo’nalishda super-kontraktda o’qishni tanlashiga ruxsat berilgan. Xohlasa, birinchini tanlaydi, xohlasa, uchinchini tanlaydi, xohlasa, beshinchini tanlaydi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
