Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov tomonidan birinchi bosqich talabalariga “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” mavzusida mustaqillik darsini o’tdi. Dars jarayonining kirish qismida institutda yaratilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda, birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarni oʼqitishda kredit-modul tizimidan foydalanish, elektron kutubxona hamda dars mashgʼulotlarining qay holatda olib borilishi xususida alohida to'xtaldi.
Institut rektori dars mashg’uloti davomida talabalarga bo’sh vaqtlarida mazmunli mashg’ulotlar bilan shug’ullanishi, xalqaro va respublika miqiyosida o’tkaziladigan fan olimpiadalari va tanlovlarga tayyorgarlik ko’rish borasida takliflarini bildirib o’tdi hamda oliy taʼlim ostonasida turgan talabalarning kelgusidagi oʼqish va ishlariga ulkan zafarlar yor bo'lishini bildirdi.
Ilk mustaqillik darsining institut rektori tomonidan boshlab berilganligi talabalarda yangi bilimlarni egallashga bo’lgan ishonch uyg’otib, o’z maqsadlari yo’lida yangicha kuch-g’ayrat to’plashida tom ma’noda dasturilamal vazifasini o’taydi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

.jpg)

.jpg)
.jpg)

SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
