Samarqand davlat chet tillar institutida “Xon atlas” festivali

Joriy yilning 13-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kechki fakultetida milliy an’analarimizni tarannum etuvchi “Xon atlas” festivali keng nishonlandi va milliy kiyimlar namoyishi  ijro etildi.

Milliy kiyimlar namoyishida  liboslar xalqning qiyofasini ko'rsatuvchi muhim omil ekanligi ko'rsatib berildi. Ko'rgazmada dunyo xalqlari ajdodlaridan meros bo'lib qolgan milliy ko'rinish va an'analarni davom ettirishga alohida e'tibor  qaratildi. 

Xalqimizning ming asrlik o'tmishi, urf-odat va an'analari estetik qarashlari, milliy qadriyatlarimiz tom ma'noda milliy matolarimizda aks etadi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-09-13 18:04:28 61