INSTITUT YOSHLAR ITTIFOQI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTIGA YANGI YETAKCHI SAYLANDI

Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 
Yig‘ilishda Kengash a’zolari, institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Azamat Kuraxmedov hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Dilfuza Azizovalar ishtirok etishdi.

Hisobot-saylov yig‘ilishida amaldagi institut Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Bekmurod Aliqulovning o‘tgan yillar davomida amalga oshirilgan ishlar to’g’risidagi hisoboti tinglandi. Shundan so’ng tashkiliy masala ko’ridi. Institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchiligiga Ingliz tili fakulteti 2-bosqich talabasi Sevinch Muradulloyevaning nomzodi ko‘rsatildi. 

Nomzod kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi. Institut prorektori Azamat Kuraxmedov yangi saylangan institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Sevinch Muradulloyeva va kengash a’zolari oldida turgan vazifalar, bu borada qilinishi lozim bo’lgan ishlar samaradorligini oshirish haqida gapirdi. 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2024-09-13 18:12:38 169